YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA
Kitob mualliflari
M.G.Davletshin,
Sh.Do’stmuhamedova,
M.Mavlonov,
S.To’ychieva,
M. Djumabaeva,
Mazkur o’quv qo’llanma barcha oliy o’quv yurtlari talabalari, shuningdek, turli
yoshdagi bolalar va o’quvchilar bilan ishlovchi pedagoglar uchun mo’ljallangandir.
Ushbu o’quv qo’llanma inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik
xususiyatlari va odam shaxsining ta'lim - tarbiya sharoitida har bir davriga xos
xususiyatlariga bag’ishlangandir. O’quv qo’llanma boshida yosh davrlar va
pedagogik psixologiya fanining vazifalari va tadkikot metodlari, shaxs tarkib
topishida biologik va ijtimoiy omillar, psixik tarakkiyot va ta'limninig o’zaro
munosabatlari hakida so’z yuritiladi. O’quv qo’llanmaning keyingi boblarida
go’daklik va ilk bolalik davridan, to kollej va liseylarni bitirguniga kadar bo’lgan
davrdagi yoshga xos psixologik xususiyatlari, akliy rivojlanishlari, shaxs shakllanishi
atroflicha bayon kilingan. Ta'lim va tarbiya psixologiyasiga ba?ishlangan bobda,
o’?uv faoliyatining psixologik mazmuni va mohiyati, bilimlarni o’zlashtirishning
psixologik komponentlari, ta'limning noan'anaviy usullari, o’quv faoliyatini
boshkarish psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi bobida esa tarbiya samaradorligini
oshiruvchi psixologik mexanizmlar, tarbiyasi kiyin bolalar psixologiyasi haqida
batafsil so’z yuritilgan bo’lsa, o’kituvchi psixologiyasi bobida, o’kituvchining
vazifalari, uning kasbiga xos xislatlar, pedagogik qobiliyatlar, shuningdek,
o’kituvchining o’z malakasini oshirib borishining psixologik shart-sharoitlari ?akida
batafsil so’z boradi. O’quv qo’llanmaning takrorlash va nazorat uchun berilgan test
savollarida talabalar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishlari mumkin.
Fan yoʻnalishi: |
| Ijtimoiy fanlar |
|
UDK |
|
Kitob nashriyoti nomi: |
TOSHKENT |
Kitob nashr qilingan shahar:
|
TOShKENT |
ISBN: |
|
Kitob nashr qilingan yili: |
2007 Yil |
Betlar Soni: |
116 |