PSIXOLOGIYA VA SPORT PSIXOLOGIYASI

Kitob mualliflari Y. MASHARIPOV,

Mazkur o‘quv qo‘llanma jahon psixologiya fanining ilg‘or yutuqlari va o‘zbek milliy psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozilgan. Psixologik hodisalar mahalliy misollar asosida, qiziqarli hamda ravon ilmiy usulda bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma ikki qismdan iborat. Birinchi qism umumiy psixologiya masalalarini o‘z ichiga oladi. Unda psixologiya fanining predmeti, vazifalari, ahamiyati, ilmiy tadqiqot uslublari, tarmoqlari, psixikaning fiziologik asoslari, shaxs psixologiyasi muammolari, diqqat, sezgilar, idrok, xotira, tafakkur va nutq, xayol, hissiyot, iroda, xarakter, temperament, qobiliyat kabilarning tabiati tahlil etib berilgan. Ikkinchi qism «Sport psixologiyasi» fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirish, harakat malakalarini o‘stirish, sport jamoalaridagi o‘zaro munosabatlarni psixologik tahlil qilish, sportchilarning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, sport musobaqalarini tahlil qilish, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash kabi masalalarni qamrab olgan.

Fan yoʻnalishi: | Amaliy fanlar |
UDK 159.9(075)
Kitob nashriyoti nomi: ILM ZIYO
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-16-338-6
Kitob nashr qilingan yili: 2017 Yil
Betlar Soni: 328
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 0.80 MB
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH