To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Fayl formati: | |
Fayl format turi: | application/pdf |
Fayl hajmi: | 2.53 MB |
Turi: | O‘quv qo‘llanma |
Tili: | O‘zbekcha |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
PSIXOLOGIK TRENING ASOSLARI
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zamonaviy psixologiyaning muhim sohalaridan biri bo‘lgan treninglarni tashkil etish va o‘tkazishga doir muhim mavzular keng doirada yoritilgan. Pedagogika-psixologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan har bir talaba - bo‘lajak mutaxassis uchun bu mavzularga doir bilimlarni chuqur egallash ularga o‘z mutaxassisligini chuqur egallashga xizmat qilibgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida ham o‘ziga xos zarurat kasb etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada psixologik trening turlari, trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar, psixologik treningni tashkil etish jarayoni, psixologik trening o‘tish texnikasi kabi mavzular keng doirada qamrab olingan. Qo‘llanmada turli xil treninglarni o‘tish jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan psixogimnastik mashq va o‘yinlardan namunalar ham berilgan. Bu mavzularni yoritishda xorij hamda rus psixologiyasi namoyondalarining nazariy tahlillari va qarashlaridan foydalanilgan. Qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlari pedagogika va psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, shuningdek oliy o‘quv yurtida shu soha bo‘yicha faoliyat yurtayotgan o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va umuman shu sohaga qiziqqan barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
Fan yoʻnalishi: | | |
---|---|
UDK | |
Kitob nashriyoti nomi: | |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | |
Kitob nashr qilingan yili: | 2017 Yil |
Betlar Soni: | 230 |