PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI

Kitob mualliflari Abdullayeva B.S., Umarov A.Yu., Saidova B.N.,

Ushbu darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘qitishda eng muhim manba hisoblanib, unda pedagogika nazariyasi hamda pedagogika tarixi modullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Pedagogika nazariyasi modulida pedagogika fanining konseptual asoslari, pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy kategoriyalari, ta’lim nazariyasi, ta’limning metod, prinsip va qonuniyatlari, tarbiyaning metod va vositalari, tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati yoritilgan bo‘lsa, pedagogika tarixi modulida eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar ta’lim-tarbiyaning rivojlanish bosqichlari davrlar nuqtai nazaridan o‘rganilgan, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi tahlil etilgan hamda qadimgi davrdagi ta’lim-tarbiyaning dastlabki shakllari, Avesto manbalari, zardushtiylik va islom dinining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri, sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlar taraqqiyoti, ma’rifatparvar va jadidshilik harakati nomoyondalari haqidagi ma’lumotlar ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, gender tenglik va uning tarixiy ildizlari, qadimgi davrlardan O‘rta Osiyo ayollarining ta’lim-tarbiyani tashkil etishdagi o‘rni va mavqeyi, dunyoviy ta’limni qo‘llab-quvvatlashda ma’rifatparvar ayollarning o‘rni tarixiy manbalar tahlili asosida yoritilgan.Mazkur darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalarining (bilim sohasi –100000 – gumanitar, ta’lim sohasi – 110000 pedagogika) barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan darslik sifatida foydalanish tavsiya etiladi.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 37.013(075)
Kitob nashriyoti nomi: Nodirabegim
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-7315-5-4
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 492
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 3.33 MB
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH