-
-
-
-
-
-
BANK ISHI
YO.ABDULLAYEV, T.QORALIYEV, SH.TOSHMURODOV, S.ABDULLAYEVA,«Bank ishi» faniga bag‘ishlangan mazkur o‘quv qo‘llanmamizda oddiy va sodda tilda, savol va javob tariqasida bank tizimi to‘g‘risida tushuncha, bank ishi fanining predmeti va obyekti, uning faoliyatidagi tavakkalchilikni baholash, bank kreditini berish siyosati, bankning investitsion funksiyalari va bank menejmenti kabi masalalar yoritilgan. Qo‘llanma “Bank ishi” va uning nazariy asoslari hisoblangan “Pul, kredit va banklar” fanlari dasturlar asosida tayyorlangan. Qo‘llanmada bank ishiga taalluqli savollar va javoblar bilan birgalikda har bir bo‘lim bo‘yicha alohida tayanch iboralar, test va nazorat savollari keltirilgan. Qo‘llanmada masalalar to‘plami ham mavjud. Mazkur o‘quv qo‘llanmada «Siz bank xodimlari attestatsiyasiga tayyormisiz?» turkumidagi savollarga javoblar ham berilgan. O‘quv qo‘llanma oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida iqtisodchi mutaxassislar, bank xodimlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlari va fakultetlarida hamda biznes maktablarida o‘quv mashg‘ulotlar, ilmiy seminarlar va suhbatlar, treninglar uyushtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti qoshidagi ilmiy-uslubiy Kengash tomonidan chop etishga tavsiya etilgan (2009-yil 16-apreldagi 3-sonli Kengash qarori).