Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetiga Tojikiston Respublikasi Panjikent shahrida joylashgan Pedagogika instituti professor - o'qituvchilari va talabalari hamkorlik shartnomasiga ko'ra tashrif buyurdi.
Ushbu hamkorlik shartnomasi asosida talabalar universitetning innovatsion ta’lim tizimi bilan tanishish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashish va dars jarayonlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Talabalarga universitetning zamonaviy o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlari va ta’lim texnologiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv ikki Oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik mobillikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
Obuna bo'lish
Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!