“Keksalik haftaligi” doirasida mehr va e’tibor tadbiri

🕊 “Keksalik haftaligi” doirasida mehr va e’tibor tadbiri

Keksalik haftaligi doirasida Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti talabalari Oydin MFY, Totuvlik ko‘chasi, 4-uy, 16-xonadonda istiqomat qiluvchi Bo‘ranova Mastura Ilishovna xonadoniga tashrif buyurdilar.

70 yoshni qarshilagan nuroniy onaxonning hayot yo‘li, mehnat faoliyati va vatanparvarlik bilan yo‘g‘rilgan ibratli ishlari haqida suhbat olib borildi. Tashrif davomida talabalarga onaxonning yoshlik yillari, mehnatdagi fidokorona xizmatlari hamda hayotiy tajribalari haqida so‘zlab berildi.

Mazkur tashrif orqali yoshlarimiz keksalarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada chuqur his etishdi hamda ularning ibratli hayotidan o‘zlariga motivatsiya oldilar.

🕊 Keksalarga ehtirom – insoniylikning eng yuksak ifodasidir.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!