Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida talabalar bilan ochiq muloqot ruhidagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdurayimov Ergash Arifjanovich ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Yoshlar bandligi, ta’lim sifati, ijtimoiy faollik va ma’naviy rivojlanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va kelgusidagi rejalarga oid takliflar ilgari surildi.