“ZAKOVAT” — ZUKKOLIK VA BILIMLAR SINOVI
🎓 Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅ Bellashuvda ishtirokchi jamoalar mantiqiy mushohada, tezkor qaror qabul qilish va topqirlik talab etiladigan savollar yuzasidan o‘zaro kuch sinashdilar.
💡 Har bir savol ishtirokchilardan nafaqat bilim, balki teran fikrlash va jamoa bilan hamjihatlikda ishlashni ham talab etdi.
🤩 Qiziqarli savollar, kutilmagan javoblar va sog‘lom raqobat bellashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🏆 Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalarga keyingi bosqichda ham faol ishtirok, shijoat va yangi zafarlar tilab qolamiz!