img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Let's build a bright future together!
bg-banner
shape

  • Home page
  • Events
  • 🌐 XALQARO AKKREDITATSIYA: YEVROPA TAJRIBASI VA MILLIY STANDARTLAR
Blog Image

🌐 XALQARO AKKREDITATSIYA: YEVROPA TAJRIBASI VA MILLIY STANDARTLAR

- Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tgan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi seminarda Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.I. Isayev ham faol ishtirok etdi.

- Seminar Portugaliyaning A3ES — Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda Portugaliyadagi akkreditatsiya tizimi, Yevropa sifat kafolati standartlari hamda xalqaro akkreditatsiya amaliyoti bo‘yicha tajribalar almashildi.

- Universitetimiz vakilining mazkur xalqaro seminardagi ishtiroki oliy ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro standartlarni o‘rganish va ilg‘or tajribalarni universitet faoliyatiga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

- Seminar yakunida S.I. Isayev faol ishtiroki uchun xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.


shape