img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Blog Image

Ochiq eshiklar kuni

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti talabalari uchun Olmaliq shahridagi 99166-sonli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Olmaliq shahrida joylashgan 99166-sonli harbiy qismda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan universitet talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning harbiy soha haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar harbiy qism faoliyati, harbiy texnika va qurol-aslahalar, xizmat sharoitlari hamda harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida Vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.


shape