“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq fuqarolarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan boshlab kuchga kiritilsin:
2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga egadirlar.
Shartnomalar yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
16. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.