img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Blog Image

Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini  e’lon qiladi. 

Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
- 1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5)"
- 2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43
- 3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128)
- 4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64)
- 5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
- 1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128)
- 2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64)
- 3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"

Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.