Biz haqimizda


Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti Nodavlat oliy Ta’lim tashkiloti Olmaliq shahrida joylashgan zamonaviy oliy ta’lim muassasasidir. Universitetga Kutlimuratov Aziz Ro‘zimovich va Kutlimuratova Dilorom Isroilovnalar tomonidan 1.04.2022-yilda asos solingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida talabalar va ilmiy xodimlar orasida obro‘ qozonishga muvaffaq bo‘ldi  va sifatli ta’lim berish va zamonaviy mutaxassislar tayyorlash borasida yaxshi natijalarga erishdi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti – Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2023 tanlovi g'olibi deb topildi. 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar @talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2023" tanlovi doirasida 103 nafar nomzodlar ichida 16.571 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi va tanlovning maxsus statuetkasi bilan taqdirlandi.

Universitetning asosiy maqsadi – zamonaviy bilim va innovatsion texnologiyalarni jamiyatga integratsiya qilish hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Ushbu ta’lim muassasasi xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim dasturlari va ilg‘or o‘quv uslublarini qo‘llash orqali ajralib turadi.

-        Oliygohimizda Ta’lim tili: o‘zbek tilida olib boriladi;

-        Ta’lim shakli: kunduzgi, sirtqi, kechki;

-        To’lov shakli: grant,shartnoma asosida;

-        Grantlar: Har o‘quv yilida tanlov asosida kunduzgi ta’lim shakli talabalarining 10% qismigacha;

-        Universitetda 60 ga yaqin professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.

 

Universitetda talabalarga turli yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyati yaratilgan. Hozirda quyidagi yo‘nalishlar faoliyat ko‘rsatmoqda:


Iqtisodiyot
: Biznes, boshqaruv va huquq" ta'lim sohasiga oid yo‘nalish bo’lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit vа sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta mахsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish, iqtisodiy vа tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari vа uslublari bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Psixologiya: 60310300-Psixologiya-ljtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta'lim sohasidagi yo'nalish bo'lib, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'limining davlat va nodavlat muassasalarida; ta'limi muassasalarida ta'lim yo'nalishiga oid fanlarni o'qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko'rsatish markazlarida psixologik yordam ko'rsatish; O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o'zini o'zi boshqarish organlari, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko'rsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo'limlarda, huquqni muhofaza gilish idoralarida psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Pedagogika: Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o’rta ta’limda “Tarbiya" fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish; o’rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish; umumiy o'rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish; mahallalarda yoshlar yetakchisi; mehribonlik uyi tarbiyachisi; ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida uslubchi bo'lib faolivat olib borish: umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Boshlang‘ich ta’lim: Ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash; mahalliy o’z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash; umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi maqomida faoliyat olib borish; davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat bo’yicha ish yuritish; umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish; umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'limda kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish.

 

Universitetimizda shu  kabi zamonaviy yo‘nalishlarda ta’lim beriladi. Talabalarga amaliy bilimlarni mustahkamlash uchun zamonaviy o‘quv uslublari, elektron kutubxonalar, talabalar turar joyi, bepul wi-fi, har bir auditoriyalar interaktiv doskalar bilan ta’minlangan shu bilan birga amaliyot imkoniyatlarini taqdim etadi va turli innovatsion markazlar tashkil etilgan.

Universitet xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, chet eldagi nufuzli universitetlar bilan o‘zaro almashuv dasturlarini amalga oshiradi.

Bunga misol tariqasida, 2024-yil  sentyabr oyida “Boshlangʻich ta’lim” yoʻnalishi talbalarining amaliyot jarayonlarida boʻldik. Olmaliq shahar umumiy oʻrta ta’lim 17-19- maktablar bilan talabalarimiz oʻrtasida shartnoma imzolandi.

Amaliyot mobaynida talabalarimiz:

“Amaliyot jarayonlarida biz nazariy bilimlarimizni amalda sinab ko'rdik. Har bir bosqich reja asosida tashkil etilib, maqsadga muvofiq bajarilmoqda. Amaliyot davomida jamoaviy ishlar va individual vazifalar ustida ishlayapmiz. Ushbu jarayon bizga tajriba orttirish va kelgusi ishlarimizda qo'llash uchun ko'plab foydali bilimlarni beradi. O'zimizni yanada professional his qildik va kelajakda bu tajriba bizga katta foyda keltirishiga ishonamiz- deya fikr bildirishdi.

Oktyabr oyida “Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti“ rektorati tomonidan Turkiya davlatining mutasaddi tashkilotlar vakillari Raxul Muxammad va Saodat Davlatova bilan xalqaro nufuzlu universitetlar hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish masalasi bo‘yicha konferensiya tashkil qilndi. Universitet rektori Sobirova Nigora Tursunboyevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta'limidagi islohotlar borasida fikr-mulohaza bildirdi. Turkiyanining nufuzli oliygohlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti dunyo reytingida joy olgan TOP-1000 nufuzli 5 ta oligohlar bilan memorandumlari imzolanishi haqida muhim kunlar belgilab olindi.

Shu yilning dekabr oyida Qozogʻistonning Markaziy Osiyo  Innovatsiyalar Universiteti va Ipak Yoʻli Innovasiyalar Universiteti hamkorlik Memorandumini va professor-oʻqituvchilarning akademik mobilligi toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi.

23-dekabr kuni "Ipak Yo'li Innovatsiyalar Universiteti" va "99166 Harbiy Qism" bilan hamkorlik Memorandumini imzoladi hamda talaba - yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, mamlakatimizning barcha sohalari uchun jonkuyar, halol, o‘z kasbiga sadoqatli va yetuk kadrlar zahirasini shakllantirishdan iborat.”

Shuni ham ma’lum qilamizki, Tez orada universitetning 10 000 (m2) yer maydoniga ega yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilish arafasida.

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti Olmaliq shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shmoqda. Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, ularning kelajakda yetakchi mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

 

Kelajakda universitet ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Shu sababli, Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti mintaqadagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylanish yo‘lida izchil qadamlar tashlamoqda. Xalqimiz aytgandek, “Ming marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi” Keling, ko’ring, talaba bo’ling!

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti bilan Yorqin kelajakni birgalikda quramiz! 

«Biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo‘lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an’analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda.


Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.

Universitet Litsenziyalari