"Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida "Yoshlar sayli

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida milliy urf-odat va an’analarni targ‘ib etgan holda “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida "Yoshlar sayli" o'tkazildi.

Saylda  Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti Yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchisi, koordinatorlar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bayramona tarzda o'tgan tadbirda talaba-yoshlar tomonidan katta doshqozonda osh damlanib, dasturxonlarga tortildi. To'kin dasturxon yozilib, yoshlar bir davra atrofida jam bo'ldilar.

Bayram so'ngida turli sport musobaqalari hamda sahna namoyishlaridan 1-, 2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan hamda faol qatnashgan yoshlarga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!