Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri

Olmaliq shahar harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Olmaliq shaharda joylashgan Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida katta ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilarimizning jasorati va fidoyiligini ulug‘lash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda so'z olganlar milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni barkamol kamol topishidagi olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.

Bayramona tadbir davomida Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari  yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg'ularini yanada oshirdi.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!