🤝 ILMIY-NASHRIY HAMKORLIK YO‘LIDA YANGI QADAM
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti hamda “Science Hub Review” MChJ o‘rtasida ilmiy-nashriy faoliyat va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida “Ipak yo‘li: ta’lim va innovatsiyalar” ilmiy jurnalini tashkil etish va rivojlantirish, ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash va taqrizdan o‘tkazish, jurnal faoliyatini Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish, shuningdek, ISSN, DOI hamda milliy va xalqaro ilmiy bazalarda jurnalning o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar ilmiy konferensiyalar, seminarlar va boshqa akademik tadbirlarni birgalikda tashkil etish, yosh tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ham hamkorlik olib boradilar.
Mazkur hamkorlik universitetda ilmiy-nashriy faoliyatni rivojlantirish va ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.