Shahidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Shahidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Shahidlar xotirasi maydoniga universitetimiz talabalari hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida yurtimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etildi.
Ishtirokchilar majmua hududi bilan tanishib, tarixiy haqiqatlar va ajdodlarimizning matonati haqida fikr almashdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.