HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, maktabgacha va maktab ta’lim tizimini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda amaliy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida "Ipak Yo'li Innovatsiyalar Universiteti" bilan "Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi" o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida:
➖ viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilarini qamrab olish;
➖ iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni universitetga o‘qishga yo‘naltirish;
➖ abituriyentlar bilan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
➖ talabalar qabulini oshirishga qaratilgan qo‘shma marketing va kasbga yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish;
➖ talabalar uchun amaliyot,
malaka oshirish va kelgusida ish bilan ta’minlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olinadi.
Mazkur hamkorlik ta’lim sifati va bitiruvchilar bandligini oshirishga xizmat qiladi.