Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bugun Olmaliq shahridagi Yoshlar bog‘ida umumxalq Navro‘z sayli bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur bayram tadbirida Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimizni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va birlik timsoli sifatida yurtimizda keng nishonlanib, jamiyatimizda inson qadri va e’tiborini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Bayram shodiyonalari davom etmoqda.