Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida tantanali tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida tantanali tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marosimda universitetimiz rektori, Qodirov Qahramon Rahmonovich, TURON FANLAR AKADEMIYASIning AKADEMIK unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti bosh direktori- boshqaruv raisi Kutlimuratov Aziz Ro'zimovich tomonidan rektorimizga esdalik sovg‘alar taqdim etildi hamda tantanali to'n kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda universitet jamoasi, professor-ustozlar o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, rektorimizga ilmiy faoliyatlarida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilashdi. Bu unvon nafaqat shaxsiy yutuq, balki universitetimizning ham katta g‘ururi ekanligi ta’kidlandi.
Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti jamoasi nomidan Qodirov Qahramon Rahmonovichni samimiy muborakbod etamiz!
Ustozning ilmiy faoliyatlarida yorqin muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz!
Hurmat va ehtirom bilan,
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti jamoasi!