Nodavlat oliygohlar faoliyatiga oid muhim eslatmalar
Nodavlat oliygohlar faoliyatiga oid muhim eslatmalar
Tartibga solish va talablar:
Hemis dasturi: Barcha nodavlat oliygohlar “Hemis”dasturida toʻliq roʻyxatdan oʻtishi shart. “Hemis”ga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.
Kontrakt shartnomalari: Faqatgina kontrakt.edu.uz orqali rasmiylashtirilgan kontraktlargina haqiqiy hisoblanadi. Taʼlim krediti faqat shu sayt orqali berilgan shartnomalar uchun amal qiladi.
Qabul jarayoni va kvotalar:
Qabul sanasi: Nodavlat oliygohlar yilda bir marta (iyun-sentyabr oylarida)gina talabalarni qabul qilishi mumkin.
Talabalar soni cheklovi: 2025-oʻquv yildan boshlab - oliygohlar istagancha talabalarni qabul qila olmaydi. Kunduzgi taʼlim shaklidagi talabalar sonidan ortiqcha soʻnggi taʼlim shakllariga (sirtqi, kechki, masofaviy) talabalar qabul qilinishi mumkin emas.
Formula: Kunduzgi = Sirtqi + Kechki + Masofaviy.
Nazorat va sifat baholash:
Davlat akkreditatsiyasi: Nodavlat oliygohlar har 4 yilda bir marta kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi shart. Bu akkreditatsiya oliygohlarning taʼlim sifatini baholaydi va ularning faoliyatiga qonuniy asos boʻladi.
Qoʻshimcha talablar va tavsiyalar:
Oʻquv rejalari va dasturlar: Nodavlat oliygohlar taʼlim dasturlarini davlat standartlari va oʻquv rejalariga muvofiqlashtirishi lozim.
Moliyaviy hisobotlar: Barcha moliyaviy operatsiyalar shaffofligi taʼminlanishi, oʻquv toʻlovlari va xarajatlari ochiqlashtirilishi kerak.
Pedagoglar malakasi: Oʻqituvchilar doimiy ravishda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari shart.