Ushbu hujjatga muvofiq, har yili Vengriya tomonidan o‘zbek fuqarolari uchun ajratiladigan ta’lim grantlari soni 200 tagacha oshirildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar uchun xorijda, xususan Vengriyaning nufuzli OTMlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, Vengriya hukumati 2018-yildan beri O‘zbekiston fuqarolarining o‘z OTMlarida ta’lim olishi uchun stipendiyalar ajratib kelmoqda. Bugungi kungacha yurtimizdan 400 dan ziyod yoshlar Vengriyaning turli universitetlarida tahsil olib, ushbu dastur imkoniyatlaridan samarali foydalanishgan.
O‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida ushbu stipendiya dasturiga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib borayotgani va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani sababli, Vengriya tomoni stipendiya kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirib kelmoqda.
Vengriya tomonidan taklif etilgan ta’lim yo‘nalishlari O‘zbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlangan bo‘lib, nomzodlar ta’limni ingliz yoki venger tillarida olish imkoniga ega bo‘ladi.
Muhimi, mazkur kelishuv O‘zbekiston tomoni uchun hech qanday moliyaviy majburiyat yuklamaydi. Vengriya hukumati ta’lim to‘lovi, turar joy, tibbiy xizmat va stipendiyani o‘z zimmasiga oladi. Faqatgina aviachipta xarajatlari talabaning zimmasida qoladi.
Hujjatda tanlov jarayonida shaffoflik va adolatlilikni ta’minlash bo‘yicha qoidalar ham aks etgan.
Qo‘shimcha bayonnomaning imzolanishi O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega. Bu yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, fan, ta’lim va innovatsiya sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va zamonaviy bilimlar bilan boyitilgan yangi avlodni yetishtirishga keng yo‘l ochadi.
Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!