💠 “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi

💠 “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi

Bugun O‘zLiDeP, Olmaliq shahar hokimligi va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tadbirkorlik sohasidagi yutuqlari hamda kelajakdagi rejalari muhokama qilinmoqda.

🟢Forumda so‘zga chiqqan Olmaliq shahar hokimi Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetining faoliyati va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslarini yuksak baholab o‘tdilar.

➡️ Shuningdek, yoshlarni startap loyihalarning munosib ishtirokchilari bo‘lishga, o‘z g‘oyalari orqali yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishga undadilar.

Ushbu forum yoshlarning ijodiy va tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oyalar sari ilhomlantirishga xizmat qilmoqda.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!