Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek – 120 yillik xotira
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek – 120 yillik xotira
Bugun oʻzbek adabiyotining buyuk vakili, atoqli yozuvchi, shoir va dramaturg Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning 120 yillik tavallud kunini nishonlaymiz.
Professor, Filologiya fanlari doktori Mirzaqulov Tursunali O‘tayevich tomonidan Boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi 1-kurs talabalari bilan birgalikda yozuvchining hayoti va ijodi, uning boy adabiy merosi haqida davra suhbati oʻtkazildi.
Oybekning ijodi oʻzbek adabiyotida alohida oʻrin tutadi. U nafaqat sheʼrlar, balki tarixiy va zamonaviy mavzularga bagʻishlangan romanlari, qissalari bilan ham xalqning yuragidan joy olgan. “Qutlugʻ qon” va “Navoiy” romanlari o‘zbek kitobxonlari orasida katta hurmatga sazovor. Bu asarlar milliy madaniyatimizning durdonalari hisoblanadi.
Oybekning asarlari insonparvarlik, ezgulik va o‘zbek xalqining tarixi, maʼnaviy boyligini tarannum etadi. U nafaqat adabiyotga, balki o‘zbek xalqining maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishiga ham ulkan hissa qo‘shdi.
Ushbu muborak sanada Oybekning merosini yodga olib, uning ijodi orqali yoshlarga maʼrifat va vatanparvarlikni singdirishda davom etamiz.