Ishga joylashishda yangi yondashuv: “Kelajakka qadam” seminari

Ishga joylashishda yangi yondashuv: “Kelajakka qadam” seminari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalar uchun yangi formatda seminar tashkil etildi.
- Seminar biznes-rejalar taqdimoti va networking shaklida o‘tkazildi.
- Olmaliq shahridagi bank tizimi vakillari — Ergasheva G., Risboyeva N., va Xakimova N. seminarda ishtirok etib,  biznes rejalarni baholash va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha qizg‘in munozara olib borishdi.
- Seminarda universitet rektori Q.R. Qodirov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor N.T. Sobirova, marketing bo‘limi boshlig‘i N. Narimbetova faol ishtirok etdi.

Tadbir moderatori sifatida Mizakulov M. samarali tashkilotchilikni ta'minladi.

Ishonchimiz komilki, bu kabi tadbirlar bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi va ularning muvaffaqiyatli faoliyatiga poydevor bo‘ladi.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!