"Salomatlik sari" shiori ostida yurish marafoni!
"Ipak Yo'li Innovatsiyalar Universiteti"
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, O'zbekiston kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda "O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tizimida 2025-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini
amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi" asosida
"Salomatlik sari" shiori ostida yurish marafoni!
Bugun, 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida “Salomatlik sari” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi. Ushbu marafonda “Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti” faol talaba-yoshlari ham Yoshlar yetakchisi Xo‘janazarova Malohat boshchiligida ishtirok etmoqda.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda!
Siz ham sog‘lig‘ingizga e’tibor bering va harakatni kanda qilmang!