"Adolat va Qudrat timsoli" – Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
"Ipak Yo'li Innovatsiyalar Universiteti"
"Adolat va Qudrat timsoli" – Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti talaba-yoshlari ishtirokida, Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazi, Olmaliq shahar 14-Harbiy kaloniya bo‘linmasi xodimlari hamda 22-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda buyuk sarkarda va sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan “Adolat va Qudrat timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Amir Temurning hayoti, tarixiy merosi va davlat boshqaruvidagi adolatparvarlik tamoyillari haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, universitet Yoshlar ittifoqi koordinator va talabalari tomonidan Sohibqiron Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, tarixiy xotiraga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Obuna bo'lish
Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!