Uch avlod — bir maqsad, bir ruh, bir yo‘l!

“Uch avlod — bir maqsad, bir ruh, bir yo‘l!“

Bugun Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida "Avlodlar Davomi – Ilm, Tarbiya, Or-Nomus" mavzusida ezgu an’ana tusini olgan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbir doirasida:

- Uzoq yillar xalq xizmatida bo‘lib, hayotiy tajribasi bilan ibrat bo‘layotgan mahalla faxriylarimiz,
universitetimizning yuksalishida jonbozlik ko‘rsatayotgan ilmli va fidoyi o‘rta yosh vakillari, ilm yo‘lida izlanayotgan, orzulari katta, Yoshlar ittifoqi koordinatorlari, intiluvchan va iqtidorli yoshlar bir davrada jam bo‘lishdi.

- Tadbir davomida yurakka yetib boradigan so‘zlar, samimiy xotiralar, hayotiy saboqlar va yoshlar uchun motivatsion maslahatlar yangradi. Faxriylar tajribasi, o‘rta avlodning fidoyiligi va yoshlarning g‘ayrati — bu uchlik taraqqiyotimizning tayanchi ekanligi yana bir bor isbotini topdi.

- Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi ruhiy ko‘prikni mustahkamlab, qadriyatlarimizni yosh avlod qalbiga singdirishga xizmat qiladi.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!