Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida hashar tashkil qilindi

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida hashar tashkil qilindi

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida umumxalq hashari o‘tkazildi. Tadbir doirasida universitet jamoasi — professor-o‘qituvchilar, xodimlar va boshqa ishtirokchilar birgalikda obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib bordilar.

Hashar davomida hududni begona o‘tlardan tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil makonlarni kengaytirish ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, yangi binoda olib borilayotgan ishlar jamoaning faol va hamjihat bo‘lib ishlayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Mazkur tadbir sog‘lom ekologik muhit yaratish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va universitet hududini yanada chiroyli va qulay qilish maqsadida tashkil etildi.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!