Shymkent universiteti va Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
Shymkent universiteti hamda Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi, qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa ta’lim jarayonining sifatini oshirish va talabalarga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish ham ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Ushbu hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, yosh mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirish va zamonaviy bilimlarga ega kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.