img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Panjikent shahridagi Tojik pedagogika instituti

o‘rtasida hamkorlik

Panjikent shahridagi Tojik pedagogika instituti va Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti o‘rtasida hamkorlik rivojlanmoqda

Panjikent shahridagi Tojik pedagogika instituti hamda Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat yo‘nalishlarida samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy va metodik loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa pedagogika yo‘nalishida tajriba almashinuvi va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish hamda o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bo‘lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda ilg‘or tajribalarni qo‘llash ushbu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Mazkur hamkorlik ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlash, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

shape