“Ikki buyuk siymo” — ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
“Ikki buyuk siymo” — ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida ajdodlarimizning boy ilmiy-adabiy merosi, ularning davlat boshqaruvi, adabiyot va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi. Ishtirokchilar tomonidan buyuk siymolar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar, fikr-mulohazalar yangradi.
Yakunda tadbirda faol ishtirok etib, uning mazmunli va samarali o‘tishiga hissa qo‘shgan bir guruh ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.