Xalqaro konferensiya
Tojikiston Respublikasi, Panjikent shahri Pedagogika universiteti Prezidenti — rektori Anso‘re Muazzamxon Qidratzoda Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida bo‘lib o‘tgan “Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyalari: global insoniyat madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etdilar.
Ular o‘z nutqlarida Ipak yo‘li sivilizatsiyalari merosi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa, shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritdilar.
Mazkur onlayn ishtirok konferensiyaning xalqaro ahamiyatini yanada oshirib, mintaqaviy ilmiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qildi.