img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Blog Image

Talabalar amaliyotidan lavhalar

Talabalar amaliyotidan lavhalar

Olmaliq shahar 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk allomalarimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs, 25-1 guruhi amaliyotchi talabalari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. 3-“E” sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarda hazrat Navoiyning hayoti va ijodidan namunalar, g‘azal va ruboiylar mahorat bilan ijro etildi. Sahna ko‘rinishlari esa bobokalonimiz siymosini jonlantirib, tadbirga alohida ruh va mazmun bag‘ishladi.

- Sinf rahbari: Ermatova Diyora
- Amaliyotchi talabalar: Quvondiqova Muxlisa va Begimova Marjona
- Guruh: Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi, 1-kurs, 25-1 guruhi 
- Guruh kuratori: Usmanova Mashkura Mirzoroximovna


shape