Navro‘z – yangilanish va qadriyatlar bayrami!
Navro‘z – yangilanish va qadriyatlar bayrami!
Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan universitet xodimlari ishtirokida tantanali o‘tirish tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz ulug‘lanib, Navro‘zning inson qalbiga iliqlik, mehr-oqibat va yangilanish ruhini olib kiruvchi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Samimiy suhbatlar, bayramona kayfiyat va do‘stona muhit tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.