img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Blog Image

Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!

Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun, Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilida universitetga qabul qilingan birinchi kurs talabalari bilan tantanali tanishuv maqsadida “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, faxriy mehmonlar, taniqli san’at va adabiyot namoyandalari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jumladan:
— Olmaliq shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdurayimov Ergash Orifjanovich;
— O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati raisi Xamzayev Muhriddin Ziyovuddinxo‘jayevich;
— O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Adinayev Qurdosh Nomozboyevich ishtirok etib, bayram tadbiri qatnashchilarini samimiy muborakbod etdilar hamda ezgu tilaklarini bildirdilar.

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari ilk qadam!


shape