Nazariya va amaliyot
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — ta’lim sifati garovi
Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti v.b. dotsenti Mirxalilova Nargiza Akbarovna rahbarligida Pedagogika yo‘nalishi 1-kurs kunduzgi ta’lim shakli talabalari universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida samarali qo‘llamoqdalar.
Olmaliq shahar 20-maktabida o‘tayotgan amaliyot davomida talabalar Tarbiya fanini o‘tish jarayonida o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish, metodik yondashuvlarni to‘g‘ri qo‘llash, darslik bilan ishlash hamda zamonaviy texnologiyalarni dars jarayoniga uyg‘unlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirmoqdalar.