img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Blog Image

Xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikka birgalikda kurashamiz

“Xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikka birgalikda kurashamiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Bugun ta’lim muassasalarida xavfsiz va hurmatga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirish, talaba-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish, shuningdek pedagog va xodimlarning huquqiy, psixologik hamda axloqiy mas’uliyatini oshirish maqsadida “Xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikka birgalikda kurashamiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi, ta’lim jarayonida o‘zaro hurmat va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda “Hilol” MFY profilaktika inspektorlari — katta leytenant Anarqulov Solijon Zokirjon o‘g‘li hamda leytenant Jo‘rayev Salohiddin Husniddin o‘g‘li ishtirok etib, mavzu yuzasidan tushuntirish va amaliy tavsiyalar berdilar.


shape