img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

  • Bosh sahifa
  • Tadbirlar
  • Kibermadaniyatni yuksaltirish va narkojinoyatchilikka qarshi kurash oyligi doirasidagi uchrashuv
Blog Image

Kibermadaniyatni yuksaltirish va narkojinoyatchilikka qarshi kurash oyligi doirasidagi uchrashuv

Kibermadaniyatni yuksaltirish va narkojinoyatchilikka qarshi kurash oyligi doirasidagi uchrashuv

Ipak yo‘li Innovatsiyalar universitetida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” hamda narkojinoyatchilikka qarshi kurash mavzusi doirasida talabalar bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ibrohimov Anvar Abdilvaxob o‘g‘li, leytenant Abdurahmonov Shahrux Sulton o‘g‘li hamda katta leytenant Kuvandikov Sanjar Ernazarovichlar ishtirok etishdi.

Ular talabalarga kibermadaniyatning ahamiyati, internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, kiberjinoyatlarning xavfli jihatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuv yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot makonida xavfsiz harakatlanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.


shape