🌍 Osiyo Xalqaro Universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya!
🌍 Osiyo Xalqaro Universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya!
🎓 Bugun Osiyo Xalqaro Universitetida “Raqamlashtirish davrida barqaror turizmni boshqarish: tendensiyalar, muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🧭 Tadbirda Pokistan, Xitoy va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taniqli olimlar, xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda turizm sohasining mutaxassislari ishtirok etishdi.
👩🏫 Konferensiyaning faxriy mehmonlari orasida quyidagi nufuzli ilmiy arboblar ishtirok etmoqda:
Dr. Bilal Ahmad, Dr. Mahwish Zafar, Dr. Javid Anwer — Superior University
Dr. Rizwan Qaiser Danish — IBA University of the Punjab
Dr. Qamar Uddin Maitloo — IBA Sukkur
Dr. Sidra Azeem — NUML University, Rawalpindi
Dr. Farooq Anwer — NUR International University
Dr. Shazia Nouman, Dr. Rabeea Ishaq — Ripha International University
Nazeer Ahmad — NorthEast Agricultural University, China
🎯 Konferensiyaning maqsadi — raqamlashtirishning turizm sohasidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilish, dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash hamda innovatsion texnologiyalar asosida samarali yechimlar ishlab chiqishdir.
💬 Tadbir davomida ilmiy tajriba almashinuvi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqamli transformatsiya sharoitida barqaror turizmni rivojlantirish strategiyalarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.