Til o‘rganmoqchi bo’lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi
Til o‘rganmoqchi bo’lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi
Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (632-son, 08.10.2025-y.) qabul qilindi.
"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi 2 oyni o‘z hisobidan, keyingi 6 oygachani esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.
Subsidiya miqdori:
- Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha (824 ming so’m);
- Viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha (618 ming so’m);
- Tuman (shahar)larda — 1 baravarigacha (412 ming so’m).
2025–2026-yillarda 20 ming nafargacha yoshga, 2031-yilgacha har yili 20 ming nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.
Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinuvchi o‘quv markazlariga beriladi.