Ta’lim shaklini o‘zgartirish tartibi haqida
🚩 Oliygoh ichida faqat ta’lim shaklini o‘zini o‘zgartirish – Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko‘chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig‘imi, professor-o‘qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin.
🚩 Bir davlat oliygohidan boshqasiga ta’lim shaklini o‘zgartirib ko‘chirish – vazirlik xulosasiga ko‘ra amalga oshadi (bir davlat OTMdan boshqasiga perevod uchun uzrli sabab kerak);
✅Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
🚩Xorijiy, nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ta’lim shaklini o‘zgartirib ko‘chirishda – testdan yetarli ball to‘plab o‘qishi ko‘chirilsa, ta’lim shakli bo‘yicha xulosani ko‘chirayotgan OTM moddiy-texnik bazaga qarab o‘zgartirishi mumkin;
🚩Nodavlat oliygohlardan boshqasi – ko‘chirayotgan OTM hal qiladi.
🚩Nodavlat oliygohning o‘zida ta’lim shaklini o‘zgartirish OTM komissiyasi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!