Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar minimal baldan past olsa, kvota yordam beradimi?

OTM ga qabul qilishda nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha 2% lik davlat granti kvotasi ajratiladi. Biroq, bu kvotaga kirish uchun abituriyentlar uchun belgilangan talab bor.

Bilimni baholash agentligi nogironligi bor shaxslarga OTM larga kirish imtihonlarida beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra: – I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalartest sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi;

– I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;

– ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi;

– imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi;

– nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi. Ushbu davlat granti har bir ta’lim shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari kesimida belgilanadi va abituriyentlar tomonidan tanlangan 5 ta OTM uchun ham o‘rinli hisoblanadi.

Ya’ni ushbu toifadagi abituriyentlar tanlovda ishtirok etishlari uchun kamida belgilangan maksimal ballning kamida 30 foizini (o’tgan yilgi minimal ball bo’yicha 56,7 ball) to‘plashlari kerak. Agar abituriyent minimal o‘tish balini to‘plagan bo‘lsa, ular qo‘shimcha 2% davlat granti kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Ammo uning balli maksimal ballning 30 foizidan kam bo‘lsa, unda abituriyent bu imkoniyatdan foydalana olmaydi.

Bu talab boshqa turdagi abituriyentlarga ham amal qiladi.

Demak, har qanday qo‘shimcha kvota mavjud bo‘lgan abituriyent minimal 56,7 ballni to‘plamaguncha tanlovda qatnasha olmaydi.


Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!