OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Yangi tahrirga (https://lex.uz/pdfs/7380871) ko’ra, 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda o’zgartirilishi belgilandi:
Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:
➖ birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida o‘ttiz kalendar kun;
➖ uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yetti kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida qirq kalendar kun muddatga haq to‘lanadi