Ma’rifat – jaholatga qarshi eng kuchli quroldir
Ma’rifat – jaholatga qarshi eng kuchli quroldir
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja-jadval asosida 2026-yil fevral–mart oylarida oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Olmaliq shahar Din ishlari bo‘yicha hokim o'rinbosari Pardayev Jamshid Jo‘raxonovich universitetimizga tashrif buyurdi va talaba-yoshlar bilan mazkur mavzuda ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli oqimlardan asrash, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ma’rifatli jamiyatni barpo etishda ilm, tafakkur va ogohlikning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning huquqiy va diniy savodxonligini oshirish, ularni ogohlik va hushyorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.