Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
3) Eng yaxshi tyutor;
4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1- BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
2- BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
3- BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

📌 Batafsil tanlov nizomi (https://drive.google.com/file/d/12qKGdIhMgH62shr3Wq5NQKlAhdZHe2GH/view?usp=sharing)

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!